Toshkent · 12 yoʻnalish

Ishonchli usta — bir necha daqiqada

Santexnikdan payvandchigacha: profil, narxlar va bajarilgan ishlar boʻyicha sharhlarni koʻrib tanlang. Yoki ish eʼlon qiling — ustalar oʻzlari taklif yuboradi.

  • Mijozlar uchun bepul
  • Komissiya yoʻq
  • Sharh faqat bajarilgan ishdan
Yoʻnalishlar

Qaysi usta kerak?

Uy-joy taʼmiri va maishiy xizmatlarning asosiy yoʻnalishlari. Har bir ustaning profilida xizmatlar va narxlar koʻrsatilgan.

  • Santexnik

    Quvur, kran, unitaz, isitish tizimi

  • Elektrik

    Rozetka, sim tortish, yoritish, hisoblagich

  • Ta'mirlash

    Kvartira va uyni to'liq yoki qisman ta'mirlash

  • Bo'yoqchi

    Devor, shift va fasadni bo'yash

  • Plitkachi

    Kafel, pol plitkasi, hammom va oshxona

  • Konditsioner

    O'rnatish, tozalash, freon to'ldirish

  • Maishiy texnika

    Kir yuvish mashinasi, muzlatgich, plita

  • Mebel ustasi

    Yig'ish, ta'mirlash, buyurtma mebel

  • Duradgor

    Yog'och ishlari, eshik, parket

  • Eshik-deraza

    Plastik va alyumin rom, qulf, oyna

  • Gaz ustasi

    Gaz plita, kolonka, quvur ulash

  • Payvandchi

    Darvoza, panjara, metall konstruksiya

Uch yoʻl

Ustani oʻzingizga qulay usulda toping

Vaqtingiz boʻlsa — solishtirib tanlang. Shoshilinch boʻlsa — hozir boʻsh ustani chaqiring.

  1. 01

    Katalogdan tanlang

    Ustalarni reyting, narxlar roʻyxati, ish namunalari va ish vaqti boʻyicha solishtiring. Yoqqanini sevimlilarga qoʻshing.

  2. 02

    Ish eʼlon qiling

    Nima qilish kerakligini yozing va rasm qoʻshing. Ustalar oʻzlari taklif yuboradi — narx va muddatni solishtirib, bittasini tanlaysiz.

  3. 03

    Tezkor chaqiruv

    Kategoriyani tanlang — hozir ishlay oladigan ustalar roʻyxati darhol chiqadi. Birini tanlab, yozasiz yoki qoʻngʻiroq qilasiz.

Qanday ishlaydi

Buyurtmadan tayyor ishgacha

  1. 01

    Telefon bilan kiring

    Parol kerak emas: SMS kod bilan bir daqiqada.

  2. 02

    Ustani tanlang

    Katalog, eʼlon yoki tezkor chaqiruv orqali.

  3. 03

    Kelishib oling

    Ish, vaqt va narxni chatda yoki telefonda kelishasiz.

  4. 04

    Baho qoldiring

    Ish tugagach ustaga toʻgʼridan-toʻgʼri toʻlaysiz va sharh yozasiz.

Ishonch

Ishonch vaʼdalar bilan emas, qoidalar bilan quriladi

  • Pulingiz oʻzingizda

    Ustam toʻlovga aralashmaydi va buyurtmadan komissiya olmaydi. Ustaga toʻgʼridan-toʻgʼri toʻlaysiz.

  • Haqiqiy sharhlar

    Sharhni faqat shu ustaga buyurtma bergan va ishni qabul qilgan mijoz yoza oladi.

  • Narxlar oldindan koʻrinadi

    Ustalar xizmatlari va narxlarini profilida koʻrsatadi — kelishishdan oldin taqqoslaysiz.

  • Raqamingiz himoyada

    Telefon raqamingiz faqat buyurtma yoki suhbatdagi ustaga koʻrinadi.

Ustalar uchun

Ustamisiz? Mijozlar sizni oʻzi topadi

Bepul profil oching, ish eʼlonlariga ariza yuboring va har bir bajarilgan ish bilan reytingingizni oshiring. Buyurtmadan foiz olinmaydi.

  • Har oy 20 ta bepul connect
  • Narxlar roʻyxati va ish namunalari
  • Sharh va reyting bilan daraja oshadi
Ustalar uchun batafsil
Qurilish materiallari

Material kerakmi? Narxni ishlab chiqaruvchidan biling

Ilovada ishlab chiqaruvchilar katalogi bor: mahsulot va narxlarni koʻring, yaqin dilerni toping yoki narx soʻrang — kompaniya oʻzi qoʻngʻiroq qiladi.

Ishlab chiqaruvchimisiz? Hamkor boʻling
Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Javob topilmasa, Telegramʼda yozing — yordam beramiz.

@ustam_support
Ustam mijozlar uchun pullikmi?

Yoʻq. Usta qidirish, ish eʼlon qilish, chat va tezkor chaqiruv mijozlar uchun bepul.

Ustaga qanday toʻlayman?

Toʻgʼridan-toʻgʼri ustaga — kelishgan usulda. Ustam bu toʻlovga aralashmaydi va komissiya olmaydi.

Usta ishonchli ekanini qanday bilaman?

Profilda reyting, sharhlar, ish namunalari va narxlar bor. Sharhni faqat shu ustaga buyurtma bergan va ishni qabul qilgan mijoz yoza oladi.

Ustam qaysi shaharlarda ishlaydi?

Hozircha Toshkent shahrida.

Ilovani qayerdan yuklab olaman?

Ustam tez orada App Store va Google Playʼda chiqadi.

Hisobimni qanday oʻchiraman?

Ilovada: Profil → Maxfiylik va xavfsizlik → Hisobni oʻchirish. Yoki shu sahifada SMS kod bilan.

Ishonchli usta — choʻntagingizda

Ilovani yuklab oling va kerakli ustani bugunoq toping.

Tez orada App Store
Tez orada Google Play

Ilova tez orada App Store va Google Playʼda chiqadi.